UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Oʻzboshimchalik bilan qilingan qurilish — endi jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin!

2025-yil 25-mart kuni imzolangan “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimini takomillashtirish munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 1050-sonli Qonunga muvofiq endilikda belgilangan talablarga zid ravishda qurilish ishlarini amalga oshirish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur qonun mazmun-mohiyatini inspeksiya xodimlariga yetkazish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov boshchiligida xodimlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Xususan, zoom platformasi orqali hududiy inspeksiya mutaxassislarining ishtiroki taʼminlandi. Seminar davomida yangi huquqiy normalar, ularning amaliyotdagi ahamiyati hamda masʼul shaxslar zimmasidagi vazifalar atroflicha tushuntirildi.

Bu kabi seminarlardan koʻzlangan asosiy maqsad bino va inshootlarning seysmik barqarorligini taʼminlash, fuqarolarning hayoti va mulki xavfsizligini kafolatlash, shuningdek, qonuniy asosga ega boʻlmagan qurilish ishlarining oldini olishdan iboratdir