UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ozoda Jo’rayeva aholi vakillari, boshqaruv tashkilotlari mas’ullari, tadbirkorlarning sohaga doir muammolarini qabul qilmoqda

Aholi murojaatlari, ularni o’z vaqtida bartaraf etish bugungi kunda davlat tashkilotlarining eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Shu ma’noda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan mazkur jihatga alohida e’tibor qaratib kelinadi. 

Xususan, har juma kuni fuqarolarning uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga oid murojaatlari vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva tomonidan qabul qilinib kelinmoqda. 

Ayni damda Ozoda Jo’rayeva aholi vakillari, boshqaruv tashkilotlari mas’ullari, tadbirkorlarning sohaga doir muammolarini qabul qilmoqda. Jumladan, tadbirkor va boshqaruv tashkiloti rahbari o’rtasidagi kelishmovchilik, ko’p qavatli uylarni ta’mirlash, bunda boshqaruv servis kompaniyasi mas’uliyatini oshirish yuzasidan bir qator masalalar qayd etildi. 

Hozirga qadar 3 ta murojaat qabul qilingan bo’lsa, barchasiga ijobiy yechim berildi. 

Qabul davom etmoqda.