UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ozoda Jo’rayeva aholi vakillari, boshqaruv tashkilotlari mas’ullari, tadbirkorlarning sohaga doir muammolarini qabul qilmoqda

Yaxshi turmush tarzi ikki tomonlama daxldorlikni talab etadi. Ya’ni mulkdorlar ham ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkiloti ham bu borada birdek mas’uliyatni his qilishi shart. 

Ozoda Jo’rayeva aholi vakillari bilan suhbat chog’ida ushbu jihatlarga alohida to’xtalib o’tdi. 

Ta’kidlanganidek, kompaniya faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan ma’lum mablag’ga borib taqaladi. Agar mulkdorlar majburiy badal to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirsa, boshqaruv tashkilotlari ham rejadagi ishlarini bajara oladi. 

-Biz bir narsani yaxshi tushunib olishimiz kerak. Mulk huquqi bo’lgani kabi, uning mas’uliyati ham bor. Ko’p qavatli uyning yaxshi holatda bo’lishidan birinchi navbatda biz manfaatdormiz. Debitor qarzdorlik ko’rsatkichlari esa aholining daxldorlik tuyg’usi yetarli emasligini ko’rsatmoqda,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Qabulda ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi uy-joy mulkdorlari shirkati va boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatidan norozilik bo’yicha 3 ta murojaat qabul qilindi. Mazkur murojaatlarning 2 tasi bo’yicha huquqiy tushuncha berilgan bo’lsa, bittasi joyiga chiqqan holda o’rganiladigan bo’ldi.


Bugungi qabulda ham poytaxtimizning bir qancha tumanlaridan kelgan 20 nafar murojaatchining muammolari tinglandi. Shuningdek, Andijon viloyati Asaka tumani Muqimiy ko'chasi 18-son uyda istiqomat qiluvchi B.Qurbovning ko'p qavatli uyni ta'mirlashda yo'l qo'yilgan kamchiliklarga oid murojaati onlayn formatda qabul qilindi. 

Vazirlikda murojaatlarni o'z vaqtida bartaraf etish maqsadida qabul jarayonlariga muammoli holatga daxldor ikki tomonni jalb qilish tizimi yo'lga qo'yilgan. Shu bois murojaatlarga qabul jarayonining o'zidayoq ijobiy yechim berilishiga erishib kelinmoqda. Bugungi qabulda ham aksariyat masalalar o'zaro konstruktiv muloqot jarayonida hal etildi. Ikkita murojaat joyiga chiqqan holda o'rganish talab etilganligi bois, ishchi guruh tuzilishi va tegishli talablar asosida ko'rib chiqilishiga kelishib olindi.

Vazir o'rinbosari ko'p qavatli uylarning yerto'la qismlaridan tadbirkorlik maqsadida foydalanayotgan fuqarolarni qo'llab-quvvatlash lozimligini ta'kidlab o'tdi:

- Bugun mamlakatimizda tadbirkorlik bilan shug'ullanib, o'nlab oilalarning qozoni qaynashiga sharoit yaratayotgan har bir yurtdoshimizni qo'llab-quvvatlshimiz kerak. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, tadbirkorlik subyektlari bugungi kunda mamlakat taraqqiyotiga katta hissa qo'shib kelmoqdalar. Ular faoliyatini kengaytirish, imkoniyat yaratish orqali biz katta-katta o'zgarishlarga zamin yaratamiz,- dedi Ozoda Jo'rayeva.