UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ozoda Jo’rayeva Sirdaryoda

Ta’kidlab kelayotganimizdek, vazir o’rinbosari hududlarda ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazorat ishlarini amalga oshirmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyatida ham bir qator boshqaruv organlarining faoliyati o’rganildi. Viloyatning Guliston shahri “Boston” MFYda joylashgan 52 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Istiqlol kommunal” boshqaruv tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari ko’zdan kechirildi. Kompaniyaning ko’p qavatli uylarni ekspluatatsiya qilishdagi hamda aholi bilan ishlashdagi kamchiliklari tanqid qilindi.

Ozoda Jo’rayeva ish samaradorligini zamonaviy talablar asosida doimiy oshirib borish lozimligini, kompaniya binosida avvalo, ishchi-xodimlarga sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi. 

- Ishchi-xodimlari resurslari eng qimmatli resursdir. Biz boshqaruv organlari faoliyatida ham mutaxassislarimizga yaxshi sharoit yaratib berishimiz kerak. Chunki bizning xodimlar eng mashaqqatli mehnatni amalga oshiradilar, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

Shuningdek, mutasaddilar hududda  yakunlangan RK-1 va RK-2 qozonxonalari faoliyati bilan tanishib, aniqlangan bir qator kamchiliklar bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berdilar.