UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ozoda Jo’rayeva Yangihayot tumanidagi “Yangihayot Komfort servis” boshqaruv kompaniyasini o’rgandi

Ozoda Jo’rayeva Yangihayot tumanidagi “Yangihayot Komfort servis” boshqaruv kompaniyasini o’rgandi. 

Ayni paytda 15 ta ko’p kvartirali uyga xizmat ko’rsatuvchi kompaniya tashkil etilganiga ko’p bo’lmagan bo’lsa-da, qator ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo’lgan. Yengil konstruksiyali inshootda har tomonlama qulay boshqaruv binosi tashkil etilgan bo’lib, bugun aholiga uy-joy xizmatlaridan tashqari qo’shimcha servis xizmatlar ko’rsatib kelinmoqda. Tun-u kun faoliyat yurituvchi dispetcherlik xizmatining mavjudligi sohada olib borilayotgan islohotlarga to’liq javob berayotgani bilan ham ahamiyatli. 

Muhimi, ko’p kvartirali uylarning texnik holati doimiy nazorat qilinib, unda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammoli holatlar oldi olinmoqda. Shu bilan birga ko’p kvartirali uylar atrofida doimiy obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

O’rganish davomida aholining boshqaruv organi faoliyatidan rozi ekanligi anglandi. Ta’kidlanganidek, ishda aniq tizim bo’lsa, samara albatta ko’rinadi.