“Parkentsoy” soy bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Parkent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Parkentsoy” soy o‘zaniga tutash hududdagi 100 gektargacha bo‘lgan yer maydonlarida ko‘p qavatli uy-joylar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda ko‘ngilochar bog‘lar barpo etish belgilangan.
Bugungi kunda uy-joylarni qurish ishlari yakunlanish arafasida. “Parkentsoy” soy bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar markazlashgan issiqlik qozonxona orqali isitilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari jadal suratlarda amalga oshirib kelinmoqda.
Hozirda 0,30 gektar yer maydoniga markazlashgan issiqlik qozonlarini o‘rnatish, sarflanadigan issiq suv sig'imi bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishjarayonlari olib borilmoqda.