UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Poytaxtda xalqaro qurilish va ko’chmas mulk ko‘rgazmasi boshlandi

Bugun poytaxtimizda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ko‘magida “Tashkent Build Pro Expo 2025” xalqaro qurilish materiallari ko‘rgazmasi, ko‘chmas mulk yarmarkasi va qurilish yo‘nalishidagi biznes-forum o‘z ishini boshlamoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi  apparat rahbari Vosit Imomov ishtirok etyapti. U o‘z nutqida sohada amalga oshirilayotgan yirik islohotlar, xususan, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, zamonaviy loyihalash yondashuvlari va raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Mazkur ko‘rgazma qurilish sanoatining yetakchi kompaniyalari, yirik investorlar va mutaxassislar uchun yangi texnologiyalar, zamonaviy loyihalar va innovatsion yechimlar bilan tanishish hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi kutilyapti.