UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

Poytaxtimizda “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Poytaxtimizda “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Loyiha Oʻzbekiston va Koreya hamkorligida ishlab chiqilgan boʻlib, u mamlakatimizda davlat xizmatini modernizatsiya qilishga koʻmaklashish, davlat xizmatchilarining kadrlar salohiyatini boshqarish hamda rivojlantirish (HRM) boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, pilot vazirliklarda biznes jarayonlarining reinjiniringini (BPR) oʻtkazishga yoʻnaltirilgan.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Koreya Davlat boshqaruvi instituti (KIPA) masʼullari, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Oʻzbekistondagi ofisi va Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari, “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi” nomli Q-DEEP loyihasi ishtirokchilari, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi mutasaddilari va boshqa vazirlik hamda idoralarning inson resurslarini boshqarish boʻlinmalari rahbarlari ishtirok etishdi.