Poytaxtimizning Hyatt Regency mehmonxonasida Xalqaro Arxitektura Kongressi "Archica - 2024" bo‘lib o‘tdi
Poytaxtimizning Hyatt Regency mehmonxonasida Xalqaro Arxitektura Kongressi "Archica - 2024" bo‘lib o‘tdi. Unda arxitektura va dizayn sohasida jahon miqyosida taniqli mutaxassislar, ekspertlar, shuningdek, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi Arxitektura va shaharsozlik departamenti boshlig‘i Jahongir Anvarov ishtirok etdi.
Kongressda xalqaro ekspertlar quyidagi mavzular doirasida fikr almashdilar:
- tarixiy merosga ega shaharlar uchun master-reja va umumiy rejalar;
- zamonaviy shaharlar uchun chakana savdo imkoniyatlari. Kelajak ofislari;
- “Yashil” investitsiyalarning ahamiyati va ularning jozibador nuqtalarini shakllantirishdagi roli;
- fuqarolarni shahar muhitini rivojlantirishga jalb etish. San’at va jamiyat o’rtasidagi dialog orqali shahar muhitini yaxshilash.
Kongressning asosiy maqsadi shahar muhitini yaxshilash va fuqarolarni rivojlantirish jarayonlariga jalb etishdan iboratdir. Mazkur tadbir O‘zbekistonda arxitektura sohasining kelajagi uchun muhim platforma bo‘ldi.