PROMHOUSE
Xalqaro konferensiya yakunida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva qozog’istonlik koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasi vakillarini poytaxtimizning Uchtepa va Chilonzor tumanidagi boshqaruv tashkilotlari faoliyati hamda tumanlardagi koʻp qavatli uylarda pilot loyiha sifatida amalga oshirilgan sanatsiya ishlari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, koʻp qavatli uylarda energiya samaradorlikni oshirish boʻyicha qoʻllanilayotgan texnologiyalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Loyiha ishtirokchilari koʻp qavatli uylarning yertoʻla qismida amalga oshirilgan ta’mirlash, xususan, koʻp qavatli uylarni sanatsiya dasturi asosida bazalt qoplamalari bilan qoplash ishlari bilan tanishdi.
Shu bilan birga davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar asosida poytaxtimizdagi 2 000 ga yaqin uylarning kommunikatsiya tarmoqlari, yertoʻla va kirish yoʻlaklarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlar alohida e’tirof etildi.
“Promhouse” loyihasi qatnashchilari Chilonzor tumanida faoliyat yurituvchi “Bogʻiston” hamda Uchtepa tumanida joylashgan “Areba klass”BSK faoliyati bilan ham tanishdilar. Kompaniyalar tomonidan aholiga yaratilayotgan qulayliklar koʻzdan kechirildi. Mehmonlar soʻnggi yillarda mamlakatimiz miqyosida sohaga doir oʻzgarishlarni alohida e’tirof etdi.