Qarshi shahrida yana bir zamonaviy uylar oʻz egalariga topshirildi
Qarshi shahri “Oydin” mahallasida “Bek binokor umumiy servis” MCHJ tomonidan 135 ta xonadonga moʻljallangan 2 ta yangi turar joy binosi qurib bitkazildi. Ushbu yangi zamonaviy uylar mas'ullar ishtirokida oʻz egalariga topshirildi.
Harbiy xizmatchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu turar joyning 50 ta xonadoni ularga ajratildi. Bundan tashqari uy-joyga muhtoj boʻlgan insonlarga ham alohida eʼtibor qaratilib, 20 ta xonadon subsidiya asosida berildi.
Shuningdek, quruvchi Mahmudov Husniddin viloyat hokimi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


.jpg)

