Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
2024-01-03
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Muborak tumani hududida “Sanoat energetika guruhi” MCHJ xorijiy korxonasi buyurtmachiligi asosida qurilayotgan Pirnazar konidagi mobil kompressor qurilishida monitoring ishlari olib borildi.
Monitoring davomida unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi;
- obyektning kompressor stansiyasida quvurlar yotqizish uchun tayyorlangan temir beton ustunlari bitum bilan to'liq himoyalanmagan;
- ish turlari bo‘yicha yopiq ishlar dalolatnomalari tuzilmagan;
- hudud qurilish chiqindilaridan tozalanmagan.
Qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi va loyiha tashkilotlariga yozma ko'rsatmalar berildi hamda qurilish ishlari nazoratga olindi.



