Qashqadaryo viloyati QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA HUDUDIY NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI monitoring ishlari
Shahrisabz tumani “O'rtaqo'rg'on” MFY hududida buyurtmachi "Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DM tomonidan 82-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyektida monitoring ishlari o'tkazildi.
Natijada binoning poydevor ishlari loyiha talablari asosida bajarilmaganligi shu bilan bir qatorda obyektda ijro hujjatlari, umumiy ishlar va mualliflik nazorati jurnallari o'z vaqtida yuritilmaganligi aniqlandi.
Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachi, bosh pudratchi va loyiha tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatmalar berilib, loyiha talablari asosida bajarilmagan ishlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.




