UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi nazorat ishlari

Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Yakkabog' tumani "Ayg'irko'l" MFY "Yangi O'zbekiston" massivi hududida buyurtmachi "Javohir nur trans" MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi. 

Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  •  nazorat davomida yopiq ishlar dalolatnomalari taqdim etilmadi;
  •  obyektda mualliflik hamda texnik nazorat ishlari  to'liq grafik asosida amalga oshirilmagan;
  •  obyektning poydevor qismida tashqi izolyatsiya ishlari sifatsiz bajarilgan.

 Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi va loyiha tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda qurilish-montaj ishlari nazoratga olindi.