Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi nazorat ishlari
Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Shahrisabz shahri "Bog'ibahor" MFY hududida buyurtmachi "Yagona buyurtmachi xizmati "IK tomonidan qurilayotgan Shahrisabz davlat pedogogika institutining 1 500 o'rinli yangi o'quv binosi va 500 o'rinli yotoqxona qurilishi jarayonida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi.
Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- binoda bajarilgan orayopma plitalarning ostki belbog'ida notekisliklar borligi aniqlandi;
- obyektda mualiflik hamda texnik nazorat ishlari to'liq grafik asosida amalga oshirilmagan;
- xususan, texnika xavfsizligi qoidalariga ham rioya etilmayotganligi aniqlandi.
Qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyihachi, pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda orayopma plitalarning ostki qismi inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.
.jpg)


