QASHQADARYO VILOYATI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI SOHASIDA HUDUDIY NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI (MUNOSABAT)
Qarshi shahri Islom Karimov koʻchasida “Norbo'ta savdo” xususiy korxonasi buyurtmachiligida barpo etilgan turar-joy binolarida yashovchi fuqarolar tomonidan qilingan videomurojaat oʻrganib chiqildi.
Qarshi shahri hokimligi tomonidan 2017-yil 3-aprelda “Norbo‘ta savdo” xususiy korxonasiga Qarshi shahri Oʻzbekiston va Nasaf koʻchalari chorrahasidagi buzilishga tushgan bir va ikki qavatli uylar oʻrnidan koʻp qavatli turar-joy (yerto‘la, birinchi qavati savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari) loyihalashtirib, qurish uchun 2240,0 kv.metr yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida X-769/4-sonli qarori qabul qilingan.
Ushbu turar-joy binosi boʻyicha “Qarshi tadqiqot konstruksiya” MCHJ tomonidan 7 qavatli jami 173 xonadonli obyektga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va u viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi arxitektura- shaharsozlik kengashi tomonidan koʻrib chiqilgan hamda ijobiy xulosa berilgan.
Obyekt 2017-yil 30-aprelda roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Oʻrganish kunida “Norbo‘ta savdo” xususiy korxonasi tomonidan mazkur turar-joy binosining 101 ta xonadonida qurilish ishlari yakuniga yetkazilganligi, qolgan 72 ta xonadonida qurilish-montaj ishlari toʻxtab qolganligi, shuningdek, bugungi kunda ushbu turar-joy binosi uchun lift qurilmasi oʻrnatilmaganligi, bolalar maydonchasi, avtoturargoh, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bajarilmaganligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.