Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh shahri bosh arxitektori Azamat Kanibekovich boshchiligidagi delegatsiya Namangan shahridagi qurilish ishlari bilan tanishdi
Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh shahri bosh arxitektori Azamat Kanibekovich boshchiligidagi delegatsiya Namangan shahridagi qurilish ishlari bilan tanishdi. Xususan, Davlatobod tumanidagi Yangi Namangan shaharchasi loyihasi oʻziga xosligi, obyektlarning joylashuvi va dizayni kabi jihatlar mehmonlarning diqqat markazida boʻldi.
Taqdimot va tashrifdan asosiy maqsad shahardagi qurilish va meʼmoriy obyektlari hamda “Yangi Namangan” shaharchaning loyiha konsepsiyasi, qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishish, qolaversa, hamkorlik qilishdan iborat.




