UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qo'qon shahrining "Aziztepa" mahallasida 33,57 gektar maydonda "Yangi O'zbekiston" massivi barpo etilmoqda

Prezidentimizning "Xalqimiz ertaga emas, bugun yaxshi yashashi kerak", degan g'oyasi asosida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida shahar qiyofasi tubdan yangilanmoqda.

Massivda jami 6 335 xonadonga mo'ljallangan 83 ta ko'p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Ulardan 70 tasi 10 qavatli, 13 tasi esa 16 qavatli uylardir.  Bugungi kunda qurilish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. 

Loyiha doirasida 1 ta biznes markazi, 1 650 o'rinli umumta'lim maktabi, institut (yotoqxonasi bilan), mehmonxona, savdo va ko'ngilochar markaz, ko’p qavatli avtoturargoh, BSK binosi hamda markaziy sayilgoh barpo etiladi.

Ilk 8 qavatli uy qurib bitkazilib, hozirda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Yana 2 ta uyda ham qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Ma'lumot uchun, massivning bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihachi etib “Qishloqqurilishloyiha” DM biriktirilgan.