QO'QONDAGI YANGI O'ZBEKISTON MASSIVI JADAL SUR'ATLARDA BARPO ETILMOQDA
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Qoʻqon shahri “Aziztepa” MFY Movarounnahr, Xoʻjand va Istiqlol koʻchalari kesishmasida joylashgan 34,2 gektar yer maydonida barpo etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massividagi obyektlarning qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Vazir o'rinbosari mas‘ullarga ishlarning sifatiga e'tibor berib, nazoratni kuchaytirish, qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish, ishchilarni maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlash hamda binolarni oʻz vaqtida topshirish zarurligi yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Ma'lumot uchun, "Yangi O'zbekiston" massivida jami 6 315 xonadonga ega 83 ta koʻp qavatli uy-joylar,1 ta biznes markazi, 1 ta 1 650 oʻrinli umumtaʼlim maktabi, 1 ta mehmonxona binosi, 1 ta savdo va koʻngilochar markazi, 1 ta institut binosi (yotoqxonasi bilan), 2 ta koʻp qavatli avtoturargoh va massivning oʻrta qismida sayilgoh tashkil etiladi.