UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qorao'zak tumanidagi obyektlar mas'ullar e'tiborida

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Qoraqalpog'iston Respublikasida bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarini tanqidiy-tahliliy o‘rganmoqda. Monitoring ishlari davomida  "Yangi O'zbekiston" massivida foydalanishga topshirilayotgan turar joy binolari yana bir bor ko'zdan kechirildi. Hududdagi oqova suv inshootining texnik holati ham mutasaddilarning e'tibor markazida bo'ldi.  O'rganishlarda mutaxassislarga inshootning ichki qismini tozalash, ekspluatatsiya davrida belgilangan qoidalarga amal qilish  lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, tumandagi 33-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyekti ham ko'zdan kechirildi va  bir qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:

- binoning g’isht terish ishlari talab bo'yicha bajarilmagan;

- “Qurilishda texnika xavfsizligi" talablariga rioya qilinmagan;

- obyekt maydoni qurilish chiqindilaridan tozalanmagan.

Qurilish sohasida sifat va xavfsizlikni ta'minlash, aholi uchun barcha qulayliklarga ega, mustahkam obyektlarni qurish oldimizdagi asosiy vazifadir. Bu esa qurilishning har bir ishtirokchisiga katta mas'uliyat yuklashi lozim, - deya ta'kidladi Toir Alimatov.