UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish uchun inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi holat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi: 

Amudaryo tumani “Gulzar” MFY hududidagi xususiy do‘konni rekonstruksiya qilish obyekti 2024-yil 15-mayda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan. 

Hozirda obyektda yer ya'ni xandaq ishlari amalga oshirilmoqda. 

Qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish uchun inspektor biriktirilgan va nazorat ishlari doimiy olib borilmoqda. 

Monitoring davomida loyiha tashkiloti “Shukurjan” MCHJ tomonidan Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qarori talablari qoʻpol ravishda buzilib, obyektda mualliflik nazorati toʻgʻri tashkil qilinmagani aniqlangan, bundan tashqari yer ishlarini olib borishda loyihada oldindan mavjud bino ko‘rsatilmagan, loyihani bog‘lash (privyazka) ishlanmagan, ishchi xandaq qazish bo‘yicha ishlarni olib borish ko‘rsatilmagan. 

Shuningdek, mualliflik nazorati ham olib borilmagan, buyurtmachi-quruvchi R.Jumaniyozov tomonidan yer ishlarini (xandaq qazish) olib borishda normativlari buzilganligi ham aniqlandi. 

Bu masala yuzasidan loyihachi  “Shukurjan” MCHJga va buyurtmachi-quruvchi R.Jumaniyozovga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar, xususan, loyiha tashkilotiga loyihalashtirish va qurilish sohasida faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasini va ruxsat beruvchi hujjatlarni toʻxtatib turish yoki bekor qilish masalasi bo‘yicha taqdimnoma berildi.

Bundan tashqari mas'ullarga nisbatan jarimalar rasmiylashtirilib, loyiha tashkiloti tomonidan obyektda o‘rin olgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirig‘i belgilandi.