UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (reyd tadbirlari)

Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan hududlarda sifatsiz qurilish ishlarini oldini olish bo'yicha kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Shumanay tumani "Madaniyat" MFY hududida “Metall universal Akfa” MChJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli uyda monitoring ishlari o'tkazilganda binoning tashqi bazalt qoplamalari loyiha bo'yicha montaj qilinmasdan sifatsiz bajarilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan qurilish mas'ullariga yozma ko'rsatmalar berildi hamda sifatsiz bajarilgan bazalt qoplash ishlari demontaj qildirildi.