Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida uchrashuv
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida qurilish-pudrat tashkilotlari va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi loyiha tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh arxitektori hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi. Muloqot chog‘ida shaharsozlik va qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalash jarayonlari va soha mutaxassislarining malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Kompetensiyani rivojlantirish institutining Nukus hududiy filiali tashkil etilgani va uning faoliyati haqida ham ma’lumot berildi.
Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi, fikr almashish va hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan takliflar bildirildi.