Qoraqalpog'istonda "Yangi O‘zbekiston" massivlari ko'zdan kechirildi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov kuni kecha Qoraqalpog'iston Respublikasining bir necha tumanlarida bo'lib, “Yangi O‘zbekiston” massivlarining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Xususan, Dastur doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 4 276 ta xonadondan iborat 114 ta uy-joylar qurilishi belgilangan. Jumladan:
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 1010 ta xonadonli 32 ta :
- Kegeyli tumani “Aktuba” OFY 140 ta xonadonli 4 ta;
- Qoraoʻzak tumani “Yesim” MFY 120 ta xonadonli 4 ta;
- Qonlikoʻl tumani “Navro'z” MFY 240 ta xonadonli 8 ta;
- Ellikqalʼa tumani “Ellikqalʼa” OFY 240 ta xonadonli 8 ta;
- Amudaryo tumani “Doʻstlik” MFY 270 ta xonadonli 8 ta, shu bilan birga boshqa hududlarda 3 266 ta xonadonli 82 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.
Monitoring davomida hududlarda ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani ma'lum bo'ldi. Xususan, Kegeyli tumani “Aktuba” OFY dagi massivda obodonlashtirish ishlari olib borilmagani e'tirozga sabab bo'ldi.
Vazir o'ribosari shuningdek, Qoʻngʻirot tumani “Elobod” SHFYdagi massivning turar joylari bilan yaqindan tanishdi. Kuzatuvlar davomida yangi uylarning fasad qismi va suvoq ishlarining talab darajasida emasligi ma'lum bo'ldi. Bu bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qonliko‘l tumani "Yangi O‘zbekiston" massividagi umumiy holat qoniqarsiz ahvolda, fasadlarda ko'chish, xonadonlarda esa bir qator kamchiliklar mavjud. Shu bois massivlar qurilishida ishtirok etayotgan buyurtmachi va pudratchi tashkilot mas'ullari bilan mazkur muammolar va ularning yechimlari alohida muhokama qilindi.
Aholining xavfsizligi, qulayligi uchun biz javobgarmiz. Shu bois o'z vazifamizga mas'uliyat bilan yondoshishimiz shart, - dedi vazir o'rinbosari.
Xususan, massivlarning hududidagi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish obyektlari va infratuzilmaning talab darajasida bo'lishini ta'minlash lozimligi ta'kidlandi.





