UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Nukus shahri “Gulzar” MFY “Sarbinaz” turar joy massivi hududidagi “QALBAQ QURILIS” MCHJ tomonidan olib borilayotgan koʻp qavatli turar joy obyektidagi qurilish-montaj ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tegishli tartibda oʻrganib chiqildi va bu boʻyicha quyidagilar aniqlandi: 

MCHJga Nukus shahri qurilish boʻlimi tomonidan 7 qavatli turar joy obyekti qurilishi uchun 2023-yil 14-aprelda ruxsatnoma berilgan va 2023-yil 26-mayda arxitektura rejalashtirish topshirigʻi hujjatlari ishlab chiqilgan. 2023-yil 24-avgustda esa hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Arxitektura va shaharsozlik kengashi tomonidan tasdiqlangan. 

Qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlari ham ishlab chiqilib, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasining 2023-yil 30-dekabrda xulosasi olingan. 

Obyekt inspeksiya tomonidan 2024-yil 10-yanvarda roʻyxatga olingan va unda qurilish-montaj ishlari doimiy nazorat qilingan. 

Bugungi kunda obyektda handaq-kotlovan qazish ishlari yakunlanib, fundamentga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Umumiy qurilish-montaj ishlari 4 % ga bajarilgan. 

Inspeksiya tomonidan monitoringlar davomida hozirgacha  3 marta yozma koʻrsatmalar berilgan. Bugungi kunda ham bu yozma koʻrsatmalardagi qoidabuzarliklarni bartaraf qilish ishlari amalga oshirilayotganligini maʼlum qilamiz.