Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida “Ko‘p kvartirali uylarda energetik modernizatsiya qilish – strategik istiqbollar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida “Ko‘p kvartirali uylarda energetik modernizatsiya qilish – strategik istiqbollar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Qabilbek Aytbayev, Markaziy Osiyo kam uglerodli investitsiyalar uchun energetikani moliyalashtirish – Shaharlar uchun maslahat jamg‘armasi vakili Mariya Anna Serve, shuningdek, Rahima Ortiqova (Uy-joy fondini professional boshqaruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilar uyushmasi, Toshkent shahri) va Larisa Shrekkenbax (“Sharqiy Yevropada uy-joy xo‘jaligi” tashabbusi, Berlin shahri) moderator sifatida ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida:
- binolarning energiya samaradorligini oshirishda munitsipalitetlarning roli va modernizatsiya strategiyasi;
- davlat idoralari va aholining o‘zaro hamkorligi;
- aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari va modernizatsiya bo‘yicha xulosalar;
- keyingi bosqichdagi asosiy vazifalar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi hamda ochiq savol-javoblar tashkil etildi.