UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qozon shahrining “Sanoat xavfsizligi ekspert konsalting markazi” MChJ vakillari “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasida boʼlib, memorandum qoidalarini amalga oshirish boʼyicha uchrashuv oʼtkazdilar

O'tgan yilning noyabr oyida Tataristonning Qozon shahridagi “Sanoat xavfsizligi ekspert konsalting markazi” MChJ hamda vazirlik huzuridagi “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Kuni kecha mazkur memorandum qoidalarini amalga oshirish, kelgusida ikki davlat oʼrtasida hamkorlikdagi vazifalarni yanada takomillashtirish maqsadida Qozon shahrining “Sanoat xavfsizligi ekspert konsalting markazi” MChJ vakillari “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasida boʼlishdi hamda mutasaddilar bilan uchrashuv oʼtkazdilar.

Unda Vasil Mazitov boshchiligidagi Tatariston vakillari tomonidan yaqin kunlarda tashkil etilgan va oʼz ishini boshlayotgan “Hududlarni rivojlantirish Xalqaro Аssosatsiyasi” faoliyati haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi. 

Shundan so'ng uchrashuvda bildirilgan takliflar birgalikda muhokama qilindi. Hamkorlar kelgusida oʼzaro manfaatli aloqalarni yoʼlga qoʼyishdan mamnun ekanliklarini alohida ta'kidlashdi.