UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qulay yashash uchun samarali boshqaruv

Mamlakatimizda aholining turmush sifatini yaxshilash va ko‘p qavatli uylarni samarali boshqarish masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois hududlarda boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilib, zamonaviy yondashuvlar asosida aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu jumladan, “Bio Tex Servis” boshqaruv servis kompaniyasi 2022-yil 29-mart kuni Andijon shahrida tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida o‘z faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ydi. 

Bugungi kunda kompaniya shaxsiy binoga ega va 62 nafar xodim bilan "Yashnobod", "Bunyodkor", "Qo‘shariq", "Shifokor", "Istiqlol" va "Qoratut" mahallalarida jami 511 ta ko‘p qavatli uyda yashovchi 19 500 dan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Mazkur kompaniya xizmatlarning sifatli va tezkor amalga oshirilishi uchun moddiy-texnika bazasini mustahkamlab kelmoqda. Xususan, 2 dona “Damas” avtomobili, 2 dona motoroller, 7 dona elektr skuter, 2 dona motokultivator, 7 dona gazon o‘rish uskunasi va boshqa zarur texnik vositalar bilan ta’minlangan.

Birgina "Shifokor" mahallasi misolida oladigan bo‘lsak, mazkur hududda 44 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ularda 1 721 ta xonadon va 6 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.“Bio Tex Servis” boshqaruv servis kompaniyasi ushbu uy-joylarda obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash, yashil hududlarni parvarishlash va muhandislik tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha muntazam xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

"Shifokor" mahallasidagi tajriba shuni ko‘rsatadiki, “Bio Tex Servis” boshqaruv servis kompaniyasi aholining qulay yashash sharoitlarini yaratishda, uy-joylarni samarali boshqarishda va kommunal xizmatlar sifatini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.