UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Эълонлар

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida shakllangan yaxshi anʼanaga muvofiq Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir necha kundan iborat dam olish kunlari belgilandi.

Bu esa hayotimizga chinakam bayram kayfiyatini olib kirishga xizmat qilmoqda. Boisi ulug‘ ayyom kunlari muqaddas maskanlar, buyuk ajdodlarimiz qadamjolarini ziyorat qilish, aziz ota-onalarimiz, qarindosh-urugʻlarimiz, yor-u do‘stlarimizni yoʻqlash, yordamga muhtoj, bemor insonlar holidan xabar olish, yurtimiz boʻylab sayohatlarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyat bo‘lmoqda. 

Shunday ekan el-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ro‘yobga chiqishiga tilakdoshman. 

 Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom boʻlsin! Har bir sohadagi ezgu ishlarimiz, intilishlarimizni Yaratganning o‘zi qo‘llasin!

 Ushbu ayyom har birimizga sihat-salomatlik, totuvlik va baxt-omad olib kelsin.

 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.Zakirov