Qurbon hayiti muborak boʻlsin!
Qadrli yurtdoshlar!
Siz, azizlarni butun musulmon ummati uchun eng ulugʻ, eng qutlugʻ bayramlardan biri boʻlgan – Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!
Bu muqaddas bayram qadim-qadimdan ezgulik, sabr-toqat, saxovat va mehr-oqibat ramzi boʻlib kelgan. Shu bois bu kunda xalqimiz oʻzaro mehr-oqibat, birdamlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlab, ehtiyojmandlarga koʻmak berishdek ezgu amallarni davom ettirib kelmoqda.
Bugun mamlakatimizda ham Qurbon hayiti ruhiga uygʻun tarzda, muqaddas qadamjolarni obod qilish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, zamonaviy va qulay uy-joylar barpo etish, ularga xizmat koʻrsatish sifati hamda infratuzilmani rivojlantirish yoʻlida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda sizlarning ishonch va faol ishtirokingiz biz uchun katta kuch hamda ragʻbat boʻlyapti.
Aziz, vatandoshlar!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xonadonlarimiz fayz-u barakaga toʻlsin! Qurbon hayiti barchamizga sogʻlik, oilaviy baxt va farovonlik olib kelsin!
Bayram muborak boʻlsin!
Hurmat bilan,
Sherzod Hidoyatov Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri