UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilayotgan 120 o‘rinli bolalar bog‘chasi obyektida navbatdagi nazorat tadbiri o'tkazildi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFY “Yangi O‘zbekiston”massivi hududida buyurtmachi "Yagona buyurtmachi xizmati” IK  tomonidan qurilayotgan 120  o‘rinli bolalar bog‘chasi obyektida  navbatdagi nazorat tadbiri o'tkazildi.

Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • binoning  "A-V" o'qlari oralig‘ining  beton poydevor qismidagi armokakaslar  ishchi loyiha asosida bajarilmasdan keyingi ish turiga o'tilgan;
  • yashirin ishlarni guvohlash dalolatnomalari to’liq rasmiylashtirilmagan;

Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi va loyiha tashkiloti vakillariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda sifatsiz va loyiha talablariga nomuvofiq qilingan beton osti ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi.