UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosini qurish obyektida nazorat tadbiri o'tkazildi

Navoiy viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Qiziltepa tumani "Furqat" MFY hududida buyurtmachi “World Class HousesMCHJ  tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosini  qurish obyektida  nazorat tadbiri o'tkazildi.

 Natijada obyektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

"Zilzilaviy hududlarda qurilish" me'yoriy  hujjatlarining tegishli talablariga zid ravishda binoning "B" blok, 5-qavat "A" va "B" o'q 13-qatorida bajarilgan temirbeton ustun karkaslarining vertikalligi ta'minlanmagan holda  qoliplangan va betonlash ishlari amalga oshirilgan. Natijada armatura karkaslari va sath yuza orasida yetarli darajada himoya qatlami qoldirilmagan.

 Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachiga “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi  orqali ko‘rsatmalar berildi va  kolonna  qismida bajarilgan sifatsiz beton ishlari  inspeksiya xodimlari tomonidan joyida demontaj qildirildi.