UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilayotgan shamol elektrostansiyasida Navoiy viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mas'ullari tomonidan navbatdagi nazorat ishlari olib borildi

Navoiy viloyati Tomdi tumani "Tomdibuloq" OFY hudida "Abu Dhabi Future Energy Company PJSC - Masdar" buyurtmasi asosida  qurilayotgan 500 MVt shamol elektrostansiyasida Navoiy viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mas'ullari tomonidan navbatdagi nazorat ishlari olib borildi. Nazorat davrida obyektda aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan bajarilishi lozim bo'lgan talablar aytildi.

 Xususan, shaharsozlikka oid ijro hujjatlarining holati ham o‘rganildi hamda qurilish-montaj ishlarini normativ hujjatlarga qat'iy rioya qilgan holda olib borish bo‘yicha tegishli ko'rsatmalar taqdim etildi.