Qurilayotgan turar-joy obyektlarida monitoring ishlari o'tkazildi (Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi)
Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Farg'ona shahri "Yangi O'zbekiston" massivi" Eko shahar hududida buyurtmachi “PMK Optima” MCHJ tomonidan qurilayotgan 1 dona 7 qavatli hamda “Hilol Stroy” MCHJ tomonidan qurilayotgan 1 ta 9 qavatli turar-joy obyektlarida monitoring ishlari o'tkazildi.
Buyurtmachining texnik nazoratchisi obyektlarda monitoring ishlarini amalga oshirmaganligi oqibatida binoning fasad qismiga montaj qilingan bazalt qoplamasi loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.
Qoidabuzarliklar yuzasidan “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda loyiha talablari asosida qilinmagan bazalt qoplamalari joyida demontaj qildirildi.