UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Qurilish korxonalarini innovatsion texnologiyalar yordamida boshqarish istiqbollari” mavzusidagi seminar bo’lib o’tdi

Kompetensiyani rivojlantirish institutida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining tayanch doktoranti Nozima Nig’matjonovaning “Qurilish korxonalarini innovatsion texnologiyalar yordamida boshqarish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy ishi yuzasidan seminar bo’lib o’tdi.

Unda institut rektori A’zamiddin Qo’ldoshev, soha professorlari hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi. Tadqiqotchining ilmiy qarashlari, sohani yaxshilash yo’lidagi takliflari, mulohazalari tinglanib, tegishli tavsiyalar berildi.

 Ta’kidlanganidek, dunyo bozoridagi qurilish sohasida iqtisodiy ko‘rsatkichlar hajmi 2024-yil holatiga ko‘ra global o‘sishda davom etmoqda va uning qiymati taxminan 12 trillion dollarni tashkil etadi. Bu sanoat global YaIMning taxminan 13 %ini tashkil qiladi degani, shuningdek, uni dunyoning eng yirik sohalaridan biriga aylantiradi. Shu bois qurilish korxonalarini boshqarishda
innovatsion texnologiyalardan foydalanish va rivojlantirish zarurati bugun juda dolzarb.

Shu ma’noda ayni mavzudagi tadqiqot ishlari bunyodkorlik sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.