UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasida qurilish sohasi vakillari – pudrat va loyiha tashkilotlari, shuningdek, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ishtirokchilarga loyiha va pudrat tashkilotlarining elektron reyting tizimi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Ushbu tizim tashkilotlarning texnik imkoniyatlari, kelishuvlarga rioya etish va ish sifati kabi koʻrsatkichlar asosida baholanishini taʼminlaydi. Bu esa sohaga shaffoflik va raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlarga ushbu platformadan foydalanish tartibi, maʼlumot joylashtirish imkoniyatlari hamda narxlarni aniq belgilashdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Yigʻilishda tender jarayonlarining toʻliq raqamlashtirilgani, inson omilini kamaytirish orqali tenderlarda shaffoflik va haqqoniy raqobat yaratilayotgani taʼkidlandi. Xususan, tadbirkorlar tenderlarda qatnashish boʻyicha oʻz taklif va fikrlarini ham bildirishdi.