“Qurilish-montaj ishlarini bajarish borasida yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida brifing

Bugun AOKAda “Qurilish-montaj ishlarini bajarish borasida yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etdi.
Joriy yilning oʻtgan davrida qurilish ishlari hajmi salkam 60 trln soʻmga yetdi (107%)
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov qurilish-montaj ishlarini bajarish borasida yaratilayotgan qulayliklar haqida maʼlumot berdi:
Joriy yilning 1-oktyabridan byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarda bajarilgan qurilish-montaj ishlari topshirilganda, yangi shakldagi hisobvaraq-faktura orqali taqdim etilishi belgilandi.
Shu bilan birga:
- markazlashtirilgan manbalar hisobiga bajarilgan qurilish ishlari boʻyicha pudrat tashkilotlari hisobotlarini raqamlashtirish hamda amalga oshirilgan xarajatlarni moliyalashtirishni takomillashtirish;
- kelgusi yil Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari, loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni joriy yilda moliyalashtirish belgilab qoʻyildi.
Mazkur elektron hisobvaraq-faktura pudrat va buyurtmachi tashkilotlar tomonidan obyektlarda bajarilgan ishlar va ular uchun markazlashgan holda ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirilishida shafoflikni taʼminlashga xizmat qilib, soha rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

