UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

“Qurilish normalarini modernizatsiya qilish doirasida O‘zbekiston – Koreya hamkorlik loyihasi natijalari”ga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda poytaxtimiz Toshkent shahrida “Qurilish normalarini modernizatsiya qilish doirasida O‘zbekiston – Koreya hamkorlik loyihasi natijalari”ga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir avvalida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi, ICAK tashkiloti boshqaruv direktori hamda Koreya Transport va infratuzilma vazirligi departament rahbari ishtirok etib, O’zbekiston-Koreya o’rtasidagi aloqalar va hamkorlik masalalariga to’xtalib o’tdi.

Tadbir davomida tomonlar loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilganini qayd etib, bir-birini tabriklashdi. Shu bilan birga kelgusida seysmik xavfsizlik, sinov laboratoriyalari va qurilishdagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir doirasida loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgani munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur loyiha bo‘yicha faol ishtirok etgan ekspertlar, muhandislar va loyihaga bevosita hissa qo‘shgan mutaxassislar esdalik sovg‘alari va minnatdorlik yorliqlari bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha 2018-yilda boshlangan hamkorlik memorandumi asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2022-yildan boshlab faol bosqichga kirgan. 2022–2025-yillar davomida umumiy hisobda 256 ta Shaharsozlik normalari va qoidalarini Koreya tajribasi asosida modernizatsiya qilish belgilangan.