Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
2025-08-27
Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
QR-kodli pasport obyektning kirish qismiga yoki barcha uchun ko‘rinadigan joyda majburiy tartibda o‘rnatiladi.
QR-kodli pasportda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
- obyektning nomi va manzili;
- buyurtmachi, loyihachi va pudratchining nomi;
- buyurtmachining texnik nazorat, loyihachining mualliflik nazorati, pudratchining ichki nazorat bo‘yicha mutaxassisi ma'lumotlari;
- qurilish muddati (boshlangan sana va yakunlash sanasi);
- obyektning umumiy ko‘rinishlari, qirqimi, bosh rejasi, bosh reja qaydnomasi;
- QR-kod (“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida aks etuvchi havola);
- qurilish obyektini hududiy inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tgan sanasi va raqami.
Qurilish obyekti hududiy inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazilgach, “Shaffof qurilish” axborot tizimida obyektga oid dastlabki ma’lumotlar joylashtirilgan sahifa uchun QR-kod avtomatik tarzda shakllantiriladi.