UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

"Qurilish obyektlarini roʻyxatga olish muddati 2025-yilning 1-iyuliga qadar uzaytirilishi" yuzasidan brifing

Obyektlar loyihalari belgilangan tartibda kelishilmagan va hududiy inspeksiyalar roʻyxatidan oʻtkazilmagan, shuningdek, qurilish-montaj ishlari qisman yoki toʻliq bajarilgan bino va inshootlar boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va hududiy inspeksiyalar roʻyxatidan oʻtkazish hamda shu asosida foydalanishga ruxsat berish Vazirlar mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 110-sonli qaroriga muvofiq qurilish obyektlarini roʻyxatga olish muddati 2025-yilning 1-iyuliga qadar uzaytirildi. 

     Gap shundaki, bugungi kunda respublika boʻyicha 2 500 dan ortiq ijtimoiy, infratuzilma va ishlab chiqarish obyektlari, koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylarda qurilish-montaj ishlari roʻyxatdan oʻtmagan holda amalga oshirilgan.

      Vazirlar mahkamasining 200-son qarori 5-ilovasiga muvofiq qurilish ishlarini roʻyxatga olish jarayonlari davrida qurilish obyektining kengash xulosasi, qurilish ishlari loyiha talablari asosida bajarilganligi, ijobiy ekspertiza xulosasi, shu bilan birga binoning texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosalar oliganligi obyektni roʻyxatga olish uchun asos boʻlishi belgilangan.

Yuqoridagi ushbu tartib 2025-yil 24-fevral sanasidan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilish obektlariga tadbiq etilmaydi  va ushbu  qurilish obyektlari roʻyxatga olinmasligini eslatib oʻtamiz.

Inspeksiyani xabardor qilmasdan oʻzboshimchalik bilan noqonuniy tartibda qurilish-montaj ishlarini olib borganlik uchun  "Maʼmuriy javobgarlik togʻrisida"gi kodeksning tegishli bandlariga asosan jarima choralari belgilangan. Buyurtmachi hamda pudratchi tashkilot vakillari diqqatiga, ushbu qisqa muddat mobaynida berilgan imkoniyatdan foydalanilgan holda qurilish obyektlarini belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalaridan roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrab qolamiz.

 


 

Shu oʻrinda sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida mulohaza. Mamlakatimiz qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi joriy etilganidan xabaringiz bor.  Xoʻsh, tizimning oʻziga xos yangiligi va imkoniyatlari qanday omillarda koʻrinadi?  

Dastlab savolnoma tizimiga toʻxtalamiz. Ushbu tizim bilan qurilish jarayonlari bosqichma-bosqich tekshiriladi va har bir ish turi uchun toʻldiriladigan savolnomalar orqali sifat nazorati amalga oshirilib, hujjatlashtirish jarayoni soddalashtiriladi. Tizim qurilish korxonalarining holatini avtomatik baholaydi va reytingi past boʻlgan yoki talabga javob bermaydigan korxonalarga ruxsatnoma bermaydi.

Muhim yangiliklardan yana biri har bir obyekt uchun “QR” kodli pasport joriy etildi. Ushbu kod orqali obyekt haqidagi barcha maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish mumkin. Bu respublikadagi barcha fuqaro va jamoat nazorati vakillariga qurilish obyektlari holatini qulay tarzda kuzatish imkonini beradi.

Obyektni foydalanishga qabul qilish jarayoni ham ancha soddalashtirildi. Eski tizimdagi 27 ta savolnoma bandi oʻrniga, yangi tizimda faqat 7 ta band qoldirilib, jarayonni tezlashtirish va ortiqcha kechikishlarni oldini olishga yordam beradigan tizim ishga tushdi. Qurilish ishtirokchilari uchun interaktiv va qulay kabinetlar ishlab chiqildi. Har bir kabinet foydalanuvchiga moslashtirilgan boʻlib, bu orqali ichki, texnik va mualliflik nazorati hamda inspektorlar uchun alohida imkoniyatlar taqdim etilmoqda.

Qurilish jarayonlari tizim orqali raqamlashtirilib, qoʻshimcha ravishda obyektlar real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Yaʼni, inspektor obyektni joyiga chiqib, monitoring qilish bilan birgalikda elektron hujjat va fotosuratlar orqali uni holati boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻldi. Barcha xulosa, yozma koʻrsatma va tasdiqlar elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa qogʻoz hujjatlariga boʻlgan ehtiyojni kamaytirib, jarayonlarni tezlashtirishga yordam beradi.

Eng muhimi, qurilish jarayonlari "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga integratsiya qilinib, jarayonlarning shaffofligi oshirildi va korrupsiya xavfi kamaytirildi. Umuman olganda yangi tizim qurilish jarayonlarini shaffoflashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish va jarayonlarni soddalashtirishga xizmat qiladi. Bu innovatsion yechimlar quruvchilar va nazorat organlari uchun qulaylik yaratib, obyektni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlab foydalanishga topshirishga imkon beradi.