Qurilish-pudrat tashkilotlari va developerlar uchun ochiq muloqot bo’lib o’tmoqda
Qurilish-pudrat tashkilotlari va developerlar uchun tashkil etilgan ochiq muloqotni Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov kirish so’zi bilan ochib berdi.
- 2017-yildan boshlab qurilish sohasida, xususan, uy-joylar barpo etish borasida tub burilish yasaldi.
Davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi, shaxsiy tashabbusi va amalga kiritgan qaror hamda farmonlari tufayli joylarda bunyodkorlik ishlari ommaviy tus oldi.
Hurmatli yurtboshimiz biz quruvchilar oldiga butun boshli massivlar, shaharchalar barpo etish vazifasini qoʻydilar.
Mana shu tashabbus, kuch va gʻayrat, shijoat tufayli bugun joylarda butun boshli shaharchalar paydo boʻlmoqda,- dedi Sh.Hidoyatov.
Ta’kidlanganidek, soʻnggi uch yilda 4 920 ta uydagi 221 mingdan ortiq xonadon foydalanishga topshirildi.
2022-yilda tashkil etilgan 29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlari soni 2024-yilda 52 taga yetkazildi va ularda 28 ming xonadonli 803 ta uy qurildi. Joriy yil ushbu ko’rsatkich, ya’ni uy-joylar qurilishi 135 ming xonadonga yetkaziladi.