UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish-pudrat tashkilotlari va developerlar uchun ochiq muloqot bo’lib o’tmoqda (eskrou)

Ochiq muloqot davomida vazir Sherzod Hidoyatov qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tarzidagi tadbirlarning o’tkazilishi tizimdagi mavjud muammolarni oldini olishda, ularning faoliyatiga ko’maklashish, shu bilan birga xalq manfaatlarini qo’llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etib borayotganini ta’kidladi.

- “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi davlatimiz rahbarining Farmoni qurilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilmoqda.

Avvalo, bunda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash koʻzda tutilgan. Qolaversa, uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatlari yaratilmoqda.  

Joriy yilning 1-iyuldan boshlab quruvchi va mijozlar oʻrtasidagi ulush kiritish shartnomalari majburiy tartibda notariusda tasdiqlanishi va kadastr roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻladi. Shu sanadan eʼtiboran yangi mexanizm “eskrou” tizimini joriy etish boshlanadi. 

Bu tizim ulushdor, yaʼni uy-joy sotib olish istagidagi xaridorning huquqlarini toʻliq himoyalab, toʻlov pullari ishonchli saqlanishi va xonadon oʻz vaqtida topishirilishini kafolatlaydi”,- deya ta’kidladi vazir.