UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Халқаро ҳамкорлик

Qurilish sohasi istiqbollari italiyalik hamkorlar bilan muhokama qilindi

O‘zbekiston - Italiya. Ochig‘i, oxirgi yillarda ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlik, ko‘lami jihatidan yangi bosqichga chiqib bormoqda. Bunda ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari va unda erishilgan natijalar huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurgan Italiyaning  ''LAURAPERETTI ARCHITECTS'' kompaniyasi vakillari ham kun sayin taraqqiy etib borayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi mushtarak munosabatlarni mamnuniyat bilan qayd etdi. Mehmon o‘z so‘zida davom etar ekan, qurilish va kommunikatsiya tarmoqlari modernizatsiyasi, sohaga innovatsiyalarni tatbiq etish loyihalarida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov samimiy taklif va fikrlar uchun delegatsiya a’zolariga minnatdorlik bildirib, davlatlararo aloqalar rivojida yangi davr boshlanganini alohida e’tirof etdi. Xususan, Prezidentimizning shu yil iyun oyida Italiyaga qilgan rasmiy tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekanligi va unda imzolangan hujjatlar strategik hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berganini qayd etdi.

O‘zaro samimiy kechgan muloqotda mamlakatimizda qurilish sohasiga qaratilayotgan davlat e’tibori, bu borada qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, takomiliga yetkazilayotgan shaharsozlik norma va qoidalari va ularning ahamiyati haqida fikr yuritildi. Shuningdek, qurilishda energotejamkor texnologiyalardan foydalanish, urbanizatsiya jarayonida shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, yashil texnologiyalarni joriy etish, renovatsiya va regeneratsiya jarayonlarining borishi, transport-muhandislik tarmoqlarining buguni va istiqboli kabi masalalar ishtirokchilarning diqqat markazida bo‘ldi.