UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish sohasi vakillari uchun seminar tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish sohasida ishtirok etuvchi mutaxassislar uchun muhim seminar tashkil etildi. Unda loyiha instituti, buyurtmachi va pudratchi korxonalar vakillari qatnashdilar.

Mazkur tadbirda VMQ-460 Kompetensiyani rivojlantirish instituti Nukus hududiy filialida qurilish jarayonida ishtirok etuvchi har bir mutaxassis — texnik nazoratchi, mualliflik nazoratchisi hamda ichki nazoratchilarning sertifikatga ega bo‘lishi masalasi atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, qurilish ishtirokchilarining o‘quv dasturlaridan o‘tishi va belgilangan talablarga muvofiq sertifikat olishi zarurligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri K.Aytbaev hamda Kompetensiyani rivojlantirish instituti Nukus hududiy filiali direktori A.Purxanatdinov ishtirok etib, so‘zga chiqdilar. Ular qurilish sohasida malaka va kompetensiyani oshirish, zamonaviy talablarga javob beruvchi mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyati haqida to‘xtaldilar.

Tadbir doirasida savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi. Qurilish sohasi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu seminar qurilish sohasida ish sifati va nazorat jarayonlarini yanada takomillashtirish, shu orqali mamlakatimizda barpo etilayotgan inshootlarning sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.