Qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar diqqatiga!
Qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar diqqatiga!
Qurilish-pudrat tashkilotlari va developerlar uchun muhim yangilik!
Sizda uy-joy qurilishi, jumladan, joriy etilishi rejalashtirilayotgan "Eskrou" tizimiga oid taklif, muammo yoki savollar bormi? U holda 22-may kuni soat 10-00 da siz uchun ajratilgan imkoniyatdan foydalaning. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston quruvchilari assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan ochiq muloqotga tashrif buyuring.
- Muloqotda vazirlikning "Eskrou" tizimi yoʻnalishlariga masʼul mutaxassislar ishtirok etadi.
- Har bir murojaat yuzasidan ochiq va amaliy muhokama boʻlib oʻtadi.
- Mazkur uchrashuv sohadagi dolzarb masalalar, tashabbus va yechimlar yuzasidan fikr almashish uchun qulay maydon boʻladi.
Sana: 2025-yil 22-may, Payshanba
Vaqti: Soat 10:00
Manzil: Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi binosi