UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Халқаро ҳамкорлик

Qurilish sohasida xitoylik hamkorlar bilan standart va normalarni takomillashtirish bo'yicha hamkorlik qilinmoqda

Joriy yilning 7-14-may kunlari Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Xitoy davlatida bo'lib sohadagi  ustuvor masalalarda  kelishuvlarga erishgan edilar.

Kuni kecha vazirlikda mazkur kelishuv va  memorandum doirasida  zilzilabardosh bino va inshootlar hamda Xitoy qurilish materiallari standartlariga bogʻliq masalalar yuzasidan seminar o’tkazildi.

Unda oʻzaro hamkorlik aloqalarini takomillashtirish, doimiy muloqot va tajriba almashish, mutaxassislarni stajirovkaga yuborish, ishlarni tizimli monitoring qilish uchun onlayn platforma tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, bugun 11-sentabr kuni mazkur seminarning ikkinchi qismi bo’lib o’tadi va unda tezyurar transport vositalari uchun koʻpriklar hamda tunnellar qurilishi normalariga oid  masalalar ko'rib chiqiladi.