UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

 Ayni paytda Toshkent shahrida qurilish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ochiq muloqot boshlanmoqda. Ushbu uchrashuv Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi.

Uchrashuvdan sohada mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, ularning amaliy yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda davlat va biznes oʻrtasida samarali muloqot platformasini shakllantirish maqsad qilingan.

Uchrashuvda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman, Soliq qoʻmitasi rahbariyati, Prezident huzuridagi tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi aʼzolari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

 


 

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Toshkent shahrida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. 

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan turli masalalar, jumladan, qurilish jarayonida uchrayotgan to‘siqlar, yer ajratish va infratuzilma bilan bog‘liq muammolar, moliyaviy mexanizmlarni soddalashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilmoqda. Ayniqsa, eskrou tizimi bilan bog‘liq amaliyot bo‘yicha ko‘plab fikr-mulohazalar bildirildi. 

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi qurilish sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimlari bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish, shuningdek, davlat va biznes o‘rtasida o‘zaro samarali muloqot platformasini shakllantirishdir.