UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

"QURILISH — UZBUILD 2024" XALQARO KO'RGAZMASI

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o'rinbosari Davron Adilov qurilish va bunyodkorlik sohasidagi eng salmoqli tadbirni ochib berdi. 

   - Xalqaro miqyosdagi mazkur ko‘rgazma 25-yubiley tadbir ekanligi bilan ham alohida ahamiyatga ega. Biz bugun chorak asrlik samarali hamkorlikni sarhisob qilish uchun yigʻilganmiz. Oʻtgan yili mazkur koʻrgazmada dunyoning 22 mamlakatidan 350 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etgan. Ushbu koʻrsatkichlar ham  tadbirning ko‘lami va nufuzi qanchalar yuksak ekanligini ko‘rsatadi. Ishonamanki, bu yilgi qatnashchilar soni va qamrov geografiyasi bundanda ortadi.   Zamonaviylik va xavfsizlik qurilishning asosiy mezonlaridir. Energiya samarador texnologiyalardan foydalanish va qulay shahar muhitini yaratish ham sohadagi dolzarb vazifa sanaladi. Ushbu ko‘rgazma bo‘limlarida mazkur mavzularga alohida urg‘u berilgani buyurtmachilar, korxonalar, materiallar va jihozlarni ishlab chiqaruvchilar hamda yetkazib beruvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi shubhasizdir, - dedi D.Adilov. 

Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi singari qator tashkilotlardan mas'ul vakillar, xorij mamlakatlarining O'zbekistondagi elchixonalari vakillari ishtirok etishmoqda.

Ta’kidlanganidek, jadal suratlarda rivojlanayotgan qurilish industriyasida sifatli, energotejamkor, innovatsion qurilish materiallari va texnologiyalarining ahamiyatini oshirishda bunday ko'rgazmalar muhim ahamiyat kasb etadi.