UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

"Qurilish — Uzbuild-2024" xalqaro ko'rgazmasi doirasida "O'zbekistonda bunyodkorlik. Yangi Toshkent — tabiat va kelajak shahri" mavzusida konferensiya boshlandi

Unda Yangi Toshkent shahrini qurish direksiyasi rahbariyati, soha mutaxassislari, aqlli shahar loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etayotgan xalqaro va mahalliy ekspertlar Yangi Toshkentni qurish konsepsiyasi, jarayonga joriy etilgan yangi, innovatsion yechimlar, aholi uchun yaratiladigan qulay infratuzilma va sharoitlar xususida taqdimot o'tkazadilar. 

Mazkur tadbir asosida jamoatchilik va OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil etiladi.


Davlatimiz rahbari tomonidan poytaxtning me’moriy qiyofasini saqlagan holda shahar tashqarisida zamonaviy yashil makon qurish tashabbusi bugun real voqelikka aylandi. Yangi Toshkent. Buni odamlarning yashash sharoitlari, iqtisodiy rivojlanishi, kayfiyati va madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatadigan, puxta o‘ylangan urbanizatsiya siyosatining yaqqol namunasi deyish mumkin. Albatta bunday tarixiy tashabbusni  shaxsan Prezidentning o‘zi boshlab berdi va nazorat qildi.  Ikki daryo orasida,  dengiz sathidan 500 metr balandlikda joylashgan, noyob iqlim sharoitiga ega hududda  Markaziy Osiyoning yangi timsolini yaratishga bel bog‘landi.  Konferensiya chin ma’noda Yangi Toshkent shahrini qurish konsepsiyasi bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.

Ta’kidlanganidek, Yangi Toshkentni chinakam ekologik shahar deyish mumkin. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi aynan shu yerdan boshlanadi. 420 gektar maydonda “Markaziy bog‘” barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.