UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Qurilish va kommunal sohalarda raqamlashtirish ishlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o’z ishini boshladi

Qurilish va kommunal sohalarda raqamlashtirish ishlariga bag’ishlangan matbuot anjumani o’z ishini boshladi.

 Tadbirni vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva kirish so’zi bilan ochib berdi:

- Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘z oldiga ko‘plab istiqbolli reja hamda maqsadlarni belgilab olgan. Sir emas, sohalarni raqamlashtirish jamiyatni yanada takomillashtirishda va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan qurilish va kommunal sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda mazkur jihatga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Biz bunyodkorlik va aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida shunday darajaga keldikki, bugun qurilish obyekti loyiha hujjatlarini ishlab chiqishdan tortib, ularni ekspertizadan o‘tkazish, nazorat mexanizmi, qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi hamda turar joy obyektlarining ekspluatatsiyasi, kommunal xizmatlar ko‘rsatish kabi barcha jarayonlar raqamlashtirildi. Mazkur jarayonlarda inson omilining tobora qisqarayotgani hisobiga sohalarda shaffoflikka erishilmoqda”, - dedi Ozoda Jo’rayeva.


Davlatimiz rahbarining “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi tashkil etilgan va qurilish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali korrupsiya va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflikni taʼminlash maqsadida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi negizida quyidagi platformalar ishga tushirilgan:
- “Qurilish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish” elektron platformasi
- “Maqsadli dasturlar monitoringi” axborot tizimi
- Qurilish sohasida “Reyting” va “Tender” elektron platformalari
- “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi
- “Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish” avtomatlashgan axborot tizimi
- “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi
- “Qurilishda davlat nazorati” axborot tizimi
- “Ulush kiritish asosida uy-joy qurilish” axborot tizimi
- “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash” tizimi
- “Mening uyim” avtomatlashtirilgan billing axborot tizimi
- “Mening hududim” elektron axborot tizimi
- “Issiqlik billing tizimi”
- Qurilish obyektlarining ochiq maʼlumotlar portali
- “Koʻp kvartirali uylarning texnik holati”


Respublika markazi tomonidan soʻnggi amalga oshirilgan yangiliklardan biri — “Qurilishda davlat nazorati” nazorat.mc.uz axborot tizimida har bir obyekt uchun QR kodli pasport joriy etilishi boʻldi.

Respublika markazi tomonidan qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash maqsadida qurilish sohasida “Reyting” va “Tender” elektron platformalari joriy qilingan boʻlib, 2024-yilda ushbu tizimlar yanada takomillashtirildi.

Tizim jamoatchilik uchun ochiq va har kimga oʻzaro hisobdorlikni taʼminlaydi. Bu oʻz navbatida tender jarayonlaridagi shaffoflikni oshirib, qurilish sohasidagi halol raqobat muhitini yaratdi.

Bundan tashqari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizmida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi barcha 16 ta davlat xizmatlari raqamlashtirilishi natijasida aholi va biznes egalariga uydan chiqmagan holda xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, xizmat  koʻrsatishda qogʻozbozlik va ovoragarchilikka chek qoʻyildi. 

Joriy yilda koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishda – eskrou tizimini joriy etish rejaga kiritilgan.

Bu qurilish sohasidagi yangi innovatsion tizim boʻlib, u qurilish loyihalari boʻyicha moliyaviy xavfsizlikni taʼminlash va ehtimoliy xatolarning oldini olishga yoʻnaltirilgan. Bu tizim orqali qoʻp kvartirali uylar qurilishi jarayonini monitoring qilish, xarajatlarni va toʻlovlarni toʻgʻri va tartibga solish imkonini beradi.